Kriptovalyuta bozori ikki kunda 15 foizga tushib ketdi

Kriptovalyuta bozori ikki kunda 15 foizga tushib ketdi

TOSHKENT (Turon24) – Oxirgi ikki kun ichida Bitcoin kursi 6,6 ming AQSh dollaridan 5,5 AQSh dollariga tushib ketdi. Uning ortidan boshqa kriptovalyutalar narxi ham arzonlashgan.

Oxirgi yillar mobaynida kriptovalyuta kursi dinamikasining pasayishi kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan yilning oxirida Bitcoin narxi 17 ming dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2018 yilning 10 oyi mobaynida uning qiymati 70 foizga pasaydi.

Ushbu holatning sababi hozircha noma’lum, chunki kriptovalyuta kursi hech qanday narsaga bog‘liq emas. Bundan tashqari, kriptovalyuta bozorining regulyatori ham mavjud emas.

Ba’zi ekspertlar fikricha, buning sababi, uni sotish yoki xarid qilish uchun kriptovalyuta egalarining manipulyasiyasi bo‘lishi mumkin, deya hisoblashmoqda. Kriptovalyuta bozor hajmi uncha katta bo‘lmaganligi sababli (umumiy hajmi 182 mlrd AQSh dollariga teng), valyuta operasiyalariga nisbatan yuqori darajada sezuvchan hisoblanadi.

Joriy yilning 3 iyulida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qarorga imzo chekkandi. Qarorda asosan kriptovalyuta sohasini rivojlantirishga urg‘u berilgan.

Qaror ijrosi sifatida O‘zbekistonda sentyabr oyi boshida ilk "Mangu" kriptovalyutasi yaratilgan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!