Kreml oshkor etdi: Nazarboyev iste’fosidan avval Putin bilan telefon orqali nimalarni muhokama qilgan?

Kreml oshkor etdi: Nazarboyev iste’fosidan avval Putin bilan telefon orqali nimalarni muhokama qilgan?

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni o‘zining iste’foga chiqish qarori haqida avvaldan ogohlantirib qo‘yishni lozim topdi. Prezidentlarning telefon orqali bu mavzudagi suhbatidan bir necha soat o‘tib, Nazarboyev ommaga o‘z iste’fosi haqida e’lon qilgan. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov 21 mart kuni ma’lum qildi.

 

Buni, ehtimol, ikki mamlakat o‘rtasidagi ittifoqchilik, do‘stona aloqalar bilan, shuningdek, Nazarboyev va Putin o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar natijasidir , - deya izohlagan matbuot kotibi.

 

Peskovning guvohlik berishicha, Qozog‘istonning sobiq rahbari o‘zining davomchisi to‘g‘risida rus hamkasbi bilan maslahatlashmagan. Bu haqda gap bo‘lishi mumkin emas , - deydi u jurnalistlarning suhbat chog‘ida Nazarboyev Putin bilan o‘z o‘rniga nomzodlarni muhokama qilganmi, deya bergan savoliga javoban.

 

Bundan tashqari, Kreml vakili matbuot xizmatlari telefondagi suhbatdan u alohida xarakterga ega bo‘lgani uchun xabardor qilinmaganini ta’kidladi. Vakilning qo‘shimcha qilishicha, bu holat qozog‘istonlik hamkasbning ushbu ko‘rinish va hajmdagi yangilik to‘g‘risida shaxsan o‘zi axborot yetkazganiuchun ham ahamiyatli.

189 mart kuni amalga oshirilgan telefondagi suhbat to‘g‘risida Rossiya prezidentining matbuot kotibi xabar bergan. Keyinroq mazkur suhbatning Nazarboyevning iste’fosi to‘g‘risida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Davlat rahbarlari Qozog‘iston rahbarining qarorini muhokama qilishgan hamda kelajakda ham aloqalarni saqlab qolishga kelishib olishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!