«Kortej» loyihasi sedanining ilk rasmiy surati chiqdi

«Kortej» loyihasi sedanining ilk rasmiy surati chiqdi

Ijtimoiy tarmoqda Aurus Senat sedanining (sedan — uzaytirilgan kuzov va alohida ajralib turadigan yukxonaga ega, odatda 2 yoki 3 qator eshiklari bor avtomobil turi) dastlabki rasmiy suratlari paydo bo‘ldi, deb yozmoqda «Motor».

Sedanning ilk rasmiy surati Moskvadagi Kreml maydonida olingan. Avtomobil «Kortej» loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan. Ushbu loyiha doirasida mamlakat prezidenti uchun shu nomli limuzin ham ishlab chiqarilgan.

Surat VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi Aurusmotors sahifasida e’lon qilingan. Suratda Aurus Senat sedanining zirhli versiyasi aks etgan. Hozircha bunday avtomobillar faqatgina Federal qo‘riqlash xizmatining Kremldagi garajida bor, xolos. Avtomobil 2018 yil avgust oyida Moskvadagi xalqaro avtosalonda keng omma e’tiboriga namoyish etiladi. 2019 yil sedanni ulgurji sotish yo‘lga qo‘yiladi.

Avtomobildan har yili 200 dona chiqariladi. Sedanning taxminiy narxi — 6—7 million rubl (avtomobilning zirhsiz versiyasi nazarda tutilmoqda).

Aurus Senat zirhli limuzini Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning inaugurasiya marosimida ishtirok etgan. Aurus’ning kichikroq sedanlarini esa Kreml yaqinida odamlar tomonidan tasodifan tushirilgan suratlardagina ko‘rish mumkin.

Aurus oilasiga «Senat» umumiy nomi ostida yaratilgan prezidentning zirhli limuzini va hukumat vakillari uchun mo‘ljallangan sedan, «Arsenal» katta veni (ven — kattalashtirilgan kuzovli engil avtomobil) va «Komendant» yo‘ltanlamasi kiradi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!