Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi

Koronavirusning «ovozi»ni yozib olishdi – klassik musiqaga o‘xshaydi

«Pandemiya keltirib chiqargan koronavirus rasmlarini internetda ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Amerikalik biologlar esa shu SARS-CoV-2  oqsillarining tebranishlarini yozib olishdi», deydi “xabar.uz”.

Tadqiqot guruhining rahbari Markus Byuler bu haqda shunday deydi:

«Siz tinglayotganingiz – ko‘p qatlamli algoritmik kompozitsiya bo‘lib, unda oqsilning tebranishlari spektrini ham, ritmik elementlarini ham, aminokislotalarning to‘qilgan tarona ko‘rinishida birikishlarini ham aks ettiradi».

Koronavirusning ovozini mana bu havola orqali tinglab ko‘rish mumkin – u chindan ham klassik musiqaga o‘xshaydi.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida imkon qadar uyda qolganingiz ma’qul. Bunda sizga qulay bo‘lishi uchun internet va telefon ikki oygacha o‘chmaydigan qilindi, yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatilyapti.

«O‘zbektelekom» oltita saytga kirishni bepul qildi, mobil aloqa operatorlari bir qator saytlar va xizmatlarini tekin qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!