Koronavirusga qarshi dori sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Koronavirusga qarshi dori sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) yanglishlik bilan e’lon qilgan hujjatda koronavirusga davo bo‘lishiga umid bildirilgan remdesivir nomli preparatning sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlangani aytilgan. Bu haqda Bi-bi-si xabar bermoqda.

Dori xitoylik 237 nafar bemorda sinab ko‘rilgan, biroq ularga kor qilmagan va qon aylanish tizimidagi patogenlarni kamaytirmagan. 18 nafar bemorda salbiy ta’sir kuzatilgani sababli dorini sinash muddatidan avval to‘xtatilgan. 

Preperatni ishlab chiqaruvchi AQShning Gilead Sciences kompaniyasi sinovning natijasi noto‘g‘ri talqin qilinganini bildirdi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, yangi sinovda preparatning ta’siri haqida aniq ma’lumotlarni qo‘lga kiritish mumkin.  

JSST remdesivir bilan bog‘liq hujjatni avvaliga hammaga ochiq ma’lumotlar bazasida e’lon qilgan, keyinroq bu ish yanglish bo‘lganini ma’lum qilib, hujjatni bazadan olib tashlagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!