Koronavirusga chalinganlarda ta’m va hid bilish qachon qaytishi borasidagi savolga aniq javob yo‘q! - mutaxassis

Koronavirusga chalinganlarda ta’m va hid bilish qachon qaytishi borasidagi savolga aniq javob yo‘q! - mutaxassis

O‘zbekistonda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova 31 oktyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusdan davolangan bemorlarda hid va ta’m bilish qachon qaytishi haqidagi savolga javob berib o‘tdi.

Ta’m va hid bilish qachon qaytishi borasidagi savolga aniq javob yo‘q. Barchasi juda individual. COVID-19’da virus asab tizimi, jumladan, hid va ta’mga javob beradigan qismlariga ham zarar yetkazishi mumkin. Ayrim bemorlarda ushbu sezgilar sog‘ayganlaridan so‘ng juda tez tiklanadi, biroq boshqalarida bir necha oyga cho‘zilmoqda.

Bundan tashqari, mutaxassis bir qator bemorlar yoqimsiz hidlarni sezish yoki sog‘aygandan keyin har xil noodatiy ta’mlarni sezish kabilardan shikoyat qilishayotganini bildirgan.

«Biroz sabr qilib, zararlangan asab tolalarining tiklanishini kutish lozim», — deydi Abdusamatova.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!