Koronavirusga chalinganlar davolanayotgan mehmonxonada yong‘in: 7 kishi halok bo‘ldi

Koronavirusga chalinganlar davolanayotgan mehmonxonada yong‘in: 7 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning Andxra Pradesh shtatidagi mehmonxonada yong‘in chiqdi. Ushbu mehmonxona koronavirusga chalinganlar davolanadigan kasalxonaga aylantirilgandi.

Yong‘in natijasida 7 kishi halok bo‘ldi va 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda bugun, 9 avgust kuni “TASS” xabar berdi.

Yong‘in Vijayvada shahrida qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lganligi aniqlandi. Barcha jabrlanganlar zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan, ularning ba’zilari og‘ir ahvolda, deya xabar beradi polisiya.

Manbaning xabar berishicha, yong‘in tufayli bemorlar vahima qo‘zg‘ashgan, buning natijasida bir necha kishi derazadan sakrab tushishgan. Binoda jami 22 bemor davolanayotgandi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Hindistonda 2,08 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Mamlakat infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!