Koronavirusga bir necha marta chalinish mumkin! Isbot ukrainalik erkak

Koronavirusga bir necha marta chalinish mumkin! Isbot ukrainalik erkak

Ukrainaning Ternopol viloyatida yashovchi fuqarosi uchinchi marta koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Ternopol viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Bogaychuk ma’lum qildi. 

"Kasallik bor, u uchinchi marta kasal bo‘ldi. Tushunishimiz kerakki, hatto koronavirusga chalingan bo‘lsa ham, biz ikkinchi marta kasallikka chalinishdan himoyalanmaganmiz", deya Bogaychuk so‘zlaridan iqtibos keltiradi mahalliy nashr. 

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 67 597 ta koronavirus holatini qayd etgan. Shu paytga qadar 1650 bemor halok bo‘lgan, 37 394 kishi esa sog‘ayib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!