Koronavirusdan holi Turkmanistonda virusga qarshi majburan emlanish joriy etildi

Koronavirusdan holi Turkmanistonda  virusga qarshi majburan emlanish joriy etildi

Turkmaniston hukumati mamlakatning 18 yoshdan katta aholisini koronavirusga qarshi majburan emlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda "Neytralniy Turkmenistan" gazetasiga tayanib TASS xabar berdi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash va tibbiy sanoat vazirligining qayd etishicha, Turkmanistonda "koronavirusga qarshi profilaktik vaksinaning zarur zaxirasi mavjud va aholini ushbu infeksiyaga qarshi emlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda".

Turkmaniston sobiq ittifoq hududidagi birorta ham koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan yagona davlat bo‘lib turibdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon respublika hukumati mamlakatga kirish va xalqaro aviaqatnovlarga qat’iy cheklovlar va niqob taqish rejimini joriy etgan. Shu bilan birga, ommaviy tadbirlar o‘tkazishga hech qanday taqiq qo‘yilmagan.

Turkmaniston aholini emlash uchun Rossiyaning "Sputnik V" va "Epivakkorona" hamda Xitoyning CoronaVac vaksinalarini olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!