Koronavirusdan basseynda himoya qiladigan niqob yaratildi (foto)

Koronavirusdan basseynda himoya qiladigan niqob yaratildi (foto)

Yaponiyada basseynda koronavirusdan himoya qilish uchun niqoblar ixtiro qilindi. Bu haqda “Asahi” agentligi xabar berdi.

Koronavirusdan basseynda himoya qiladigan niqob yaratildi (foto)

“Konami Sports” tomonidan ishlab chiqarilayotgan niqoblar shaffof materialdan tayyorlangan bo‘lib, suv ichida yuzdan sirg‘alib ketmaydi. Ta’kidlanishicha, ularga allaqachon talab oshib ketgan.

Ushbu ixtiroga 1 iyundan mamlakatda basseynlar ochila boshlanganligi sabab bo‘ldi. Koronavirus infeksiyasi xavfi, ehtimolki, suvdagi xlorning yuqori miqdori bilan kamayadi, ammo bolalar bo‘limlarida murabbiyning bolalar bilan aloqada bo‘lish jarayoni borligi bois infeksiya xavfi hali ham mavjud.

“Asahi”ning yozishicha, shu sababli infeksiyadan saqlaydigan va suvda mahkam ushlab turadigan maxsus niqobga ehtiyoj paydo bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!