Koronavirusda o‘lim xavfini kuchaytiradigan xastalik aniqlandi

Koronavirusda o‘lim xavfini kuchaytiradigan xastalik aniqlandi

Surunkali jigar xastaliklari, xususan sirrozdan aziyat chekuvchi bemorlarda koronavirusdan vafot etish ehimoli boshqalarga nisbatan yuqori ekan. “Journal of Hepatology” jurnalida e’lon qilinishi kutilayotgan bir tadqiqot natijalari xususidagi hisobotda shu haqda so‘z boradi.
Mutaxassislar jigari lat yegan va COVID-19 testida musbat natija qayd etgan 152 bemorga aloqador ma’lumotlarni tekshiruvdan o‘tkazishdi. Aniqlanishicha, ularning teng yarmiga shifoxonaga yotqizilgandan so‘ng u yoki bu ko‘rinishda sun’iy nafas berishga to‘g‘ri kelgan, 40 foizi esa hayot bilan vidolashgan.
Olimlar pandemiya davrida jigarida muammo bo‘lgan kishilar o‘limi sezilarli darajada oshganini qayd etishmoqda. Shu bilan birga 80 foiz holatda bu insonlarning hayotdan ko‘z yumishiga jigari emas, o‘pkasining xastalanishi sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!