Koronavirus! O‘zbek san’atkorlari 352 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qildi

Koronavirus! O‘zbek san’atkorlari 352 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qildi

Ayni kungacha ko‘plab soha vakillari koronavirusga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shishgan edi. Endigi navbat san’atkorlarga yetdi. "O‘zbekkonsert"ning ma’lum qilishicha, o‘zbek san’atkorlari 352 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriya qilishgan.

“Hozirgacha Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Farrux Zokirov, Gulsanam Mamazoitova, Ulug‘bek Rahmatullayev, Mavluda Asalxo‘jayeva, Hosila Rahimova, Alisher Turdiyev, Ziyoda Qobilova, rejissyor Sa’dulla Abdullayev hamda boshqa san’atkorlar tomonidan “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga 200 million 500 ming so‘m hamda kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami uchun 152 million so‘m, umumiy hisobda 352 million 500 ming so‘m xayriya mablag‘lari yo‘naltirilgan”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!