Koronavirus! Germaniyada vafot etganlar soni oshib bormoqda

Koronavirus! Germaniyada vafot etganlar soni oshib bormoqda

Germaniyada yangi turdagi koronavirus qurbonlari soni 8 mingdan oshdi, Federal sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi va mamlakatda COVID-19 kasalligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni olib boruvchi Robert Kox instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 175 mingdan ortiq odam virus yuqtirgan.

Manbaga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida Germaniyada koronavirus bilan kasallangan 72 bemor vafot etgan, shu sababli mamlakatda vafot etganlar soni 8007 kishiga yetgan.

Germaniyada epidemiya boshlanganidan beri COVID-19ga chalinganlar 175,210 nafarni tashkil etdi, oxirgi 24 soat ichida 513 ta yangi infeksiya qayd etildi. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada 155 mingdan ortiq bemor tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!