Koronavirus: Dunyoda 340 mln kishi ishsiz qolishi mumkin

Koronavirus: Dunyoda 340 mln kishi ishsiz qolishi mumkin

2020 yil oxiriga kelib, dunyoda qariyb 340 million kishi o‘z ishini yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti hisobotida ma’lum qilingan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, koronavirus tufayli karantin cheklovlarining qayta joriy etilishi oqibatida odamlarning ishini yo‘qotishi darajasi keskin oshishi e’timoli mavjud. Agar pandemiya bilan bog‘liq vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarsa, tabiiyki, bu ko‘rsatkich ham pasayishi mumkin. 

Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida dunyo bo‘ylab 400 million kishi o‘z ish joyidan ayrilgan, bu avval taxmin qilinganidan 10,7 foizga ko‘pdir.

Pandemiya tufayli birgina Rossiyada 15 million kishi ishsiz qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!