Koronavirus bilan og‘rigan insonlar tanasidagi o‘zgarishlar sababi tushuntirildi

Koronavirus bilan og‘rigan insonlar tanasidagi o‘zgarishlar sababi tushuntirildi

Pasadena shahridagi Kaliforniya Texnologiya instituti olimlari (AQSh) SARS-CoV-2 koronavirusining bemor hujayralarini o‘zgartiradigan, himoya tizimi va oqsil sintezini “o‘chirib” qo‘yadigan mexanizmini aniqladilar. Bu mexanizm COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda og‘ir simptomlarning rivojlanishiga yordam berib kelgan.

Bu haqda Cell jurnalida chop etilgan maqolada xabar berilgan, demoqda "hudud24.uz".

Tadqiqotchilar koronavirus genomi ishlab chiqaradigan oqsilning inson tanasi hujayralari ichidagi molekulyar komponentlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganib chiqdilar. Ma’lum bo‘lishicha, SARS-CoV-2 hujayra ichidagi oqsil sintezini buzib, uchta muhim jarayonga hujum qiladi. Birinchidan, virus xabarchi RNK (mRNK) — genetik ma’lumotni hujayra yadrosidan oqsillar sintezlanadigan ribosomalarga uzatuvchi molekula disfunksiyasini keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, u ribosomalarning yo‘lini to‘sadi va nihoyat, hujayradan tashqarida oqsillarni tashish tizimini buzadi.

Masalan, NSP1 koronavirus oqsili odam mRNKsining ribosomaga kirib borishini bloklaydi, ammo o‘ziga xos “kirish kodi”ga ega bo‘lgan dorilarga mo‘ljallangan mRNKni o‘tkazib yuboradi.

Ular birgalikda bu hujayraning mudofaa tizimlari normal ishlashiga xalaqit beradi. Bunda hujayra o‘lmaydi va virus uni va uning resurslarini o‘z-o‘zini ko‘paytirish uchun qo‘llashi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!