Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonlik blogerlarni bayram bilan tabrikladi (foto)

Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva o‘zbekistonlik blogerlarni bayram bilan tabrikladi (foto)

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi 14 iyun —Xalqaro blogerlar kuni faol jurnalistlar va blogerlarni taklif qildi. Bu haqda agentlik rahbari Komil Allamjonov ma’lum qilgan.

Allamjonovga ko‘ra, bu sanani bayram qilish g‘oyasi 2004 yilda tug‘ilgan. O‘shanda dunyoning 40 davlatidan 500 bloger birlashib, butunjahon tarmoq blogerlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ramzi sifatida shu kunni belgilash va nishonlashga qaror qilgan.

«Bugundan boshlab biz ham bu kunni nishonlaymiz. Shu munosabat bilan bugun faol jurnalistlar va blogerlarni chaqirdik. Norasmiy, galstuksiz, yuzma-yuz muloqot davomida soha rivojiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Fuqarolar va jamiyat muammolariga befarq bo‘lmagan mamlakatimizdagi barcha faol blogerlarni Xalqaro blogerlar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!» — deya yozuv qoldirgan Allamjonov Facebook’dagi sahifasida.

Muloqotda agentlik direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!