"Kobalt"ni haydab qochgan shaxs qo‘lga olinib, avtomashina egasiga qaytarildi

"Kobalt"ni haydab qochgan shaxs qo‘lga olinib, avtomashina egasiga qaytarildi

5 noyabr kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Olmozor tumanida joylashgan Respublika Patologik anatomiya Markazi olididagi avtoturargohdan E.J.ga tegishli, qarovsiz qoldirilgan “Kobalt” rusumli avtomashinani haydab qochgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi S.S. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. U olib qochgan avtomashina esa Toshkent viloyati Chirchiq shahridan texnik soz holda topilib, o‘z egasiga qaytarildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!