Ketma-ket rekord: Rossiya neftining Hindistonga eksporti yana oshdi

Ketma-ket rekord:  Rossiya neftining Hindistonga eksporti yana oshdi

Rossiya Hindistonga eng yirik neft yetkazib beruvchi bo‘lib qolmoqda va yetkazib berish hajmi o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda Kpler tahliliy kompaniyasiga tayanib The Independent xabar bermoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noyabr oyida Rossiya neftining Hindistonga eksporti hajmi kuniga 1,03 million barrelga yetgan — bu yangi rekorddir.

Kplerning yetakchi neft tahlilchisi Mett Smitning fikricha, bu dekabrda ham Rossiya Hindistonning eng yirik neft yetkazib beruvchisiga aylanishi mumkin. Shunday qilib, Rossiya bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z yetakchiligini ketma-ket uch oy saqlab qoladi.

Hindiston hukumati vakillari mamlakat G‘arb davlatlarining Rossiya nefti narxini cheklash bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlash niyatida emasligini aniq bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!