Karantindan voz kechgan Shvesiya endi COVID-19ga qarshi qo‘shimcha choralar joriy etmoqchi

Karantindan voz kechgan Shvesiya endi COVID-19ga qarshi qo‘shimcha choralar joriy etmoqchi

Shvesiya hukumati Stokgolmda epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli qo‘shimcha cheklovlar joriy etishni rejalashtirmoqda.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir necha hafta ichida mamlakat poytaxtida yashovchi barcha yosh guruhlarida yuqumli kasallikka chalinish holati sezilarli darajada ko‘paygan.

Shu bois ham hukumat infeksiya tarqalishini sekinlashtirish uchun karantin choralarini joriy etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Avvalroq, Shvesiya iqtisodiyotga zarar yetkazmaslik uchun karantindan voz kechgan edi. Shu fonda shved kompaniyalari ikkinchi chorakda bozor kutganidan ham sezilarli darajada oshgan daromadlarni namoyish etishdi.

Ammo shuning bilan birga, yuqumli kasallikdan o‘lim darajasi Yevropa hududining boshqa mamlakatlariga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!