Karantin: "Ayolim homilador, tug‘ruqxonaga lecheniye olishimiz zarur, nima qilay?"

Karantin: "Ayolim homilador, tug‘ruqxonaga lecheniye olishimiz zarur, nima qilay?"

Ayni daqiqalarda AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazilmoqda.

❓Mening otamni ko‘zlari ko‘rmaydi, har ikki kunda Sebzordagi kasalxonaga olib borib tegishli muolaja o‘tkazishlari zarur. Bunday holatda shaxsiy transportimdan foydalansam bo‘ladimi?

❓Mening farzandimga travmotologiyadan bugun javob berishdi, uni o‘z shaxsiy transportimda borib olib kelsam bo‘ladimi?

❓Ayolim homilador, tug‘ruqxonaga lecheniye olishimiz zarur, nima qilay?

❗️Albatta, agar Sizni, yoki yaqinlaringizni kasalxonaga olib borishga jiddiy zarurat tug‘ilsa, shaxsiy transport vositangizdan foydalanishingiz mumkin.

Bunday holatda Yo‘l patrul xodimlari to‘xtatsa, hissiyotga berilmasdan, asabuzarlikka yo‘l qo‘ymay, yuzaga kelgan vaziyatni va ko‘chaga chiqish sababini to‘g‘ri tushuntirsangiz, ular ham holatni to‘g‘ri tushunishadi.

Kerak bo‘lsa, qo‘lidan kelganicha Sizga yordam berishadi. Lekin buni suiste’mol qilish kerak emas.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!