Karantin! Amerikada juma namozi qanday o‘qilyapti?

Karantin! Amerikada juma namozi qanday o‘qilyapti?

Xabaringiz bor, garchi koronaairus pandemiyasi tarqalishi bo‘yicha AQSh yuqori o‘rinda turgan bo‘lsa ham, mamlakat masjidlarida jamoat va juma namozi o‘qilishi davom etmoqda.

Amerikada istiqomat qiluvchi o‘zbekistonlik Ibrohim Muhammad feysbukdagi sahifasi orqali shtatlardagi masjidlarda juma namozi qanday o‘qilayotgani haqida ma’lumot berdi.

«Tahoratxonalar yopiq, chunki u yerda masofa saqlash qiyin. Lekin ba’zi istisnolar bo‘lyapti. Zarur bo‘lganda bitta-bitta kirib chiqishga ruxsat berishyapti. Kirishingizga qo‘lingizga sellofan paket berishadi. Poyabzalingizni solib, o‘zingiz bilan olasiz. Bu namozdan keyin hamma tuflisini qidirib, bir joyga to‘planib qolmasligini ta’minlaydi.

Nazoratchilar namoz tugagandan keyin bitta-bitta, ijtimoiy masofani saqlagan holda masjiddan chiqishni ta’minlashyapti. Har kim o‘zi bilan joynamoz olib kelishi so‘ralyapti. Shu tartiblarni joriy qilgan holda, bizda ham masjidlar faoliyatiga ruxsat berishsa yaxshi bo‘lar edi.

Birinchidan jamoat bilan qilingan duo ijobatga yaqin bo‘ladi insha Alloh, ikkinchidan odamlarni immunitetini tushirib yuborayotgan tushkun kayfiyat va vahima ancha yo‘qoladi. 

Xudosizlar jamiyati rahbari Stalin ham urushda yengilayotganida barcha ibodatxonalarni ochishga, Xudodan g‘alaba so‘rashga chaqirgan deyishadi», deya yozadi bloger.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!