Kamilov Eron prezidenti bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Kamilov Eron prezidenti bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov chorshanba kuni Eron prezidenti Sayid Ibrohim Raisi bilan uchrashdi.
“Eron va O‘zbekistonni qardoshlik aloqalari bog‘lab turadi. Islom respbulikasi O‘zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishda hech qanday cheklov qo‘ymaydi”, - dedi Raisi bilan uchrashuvda.

Uchrashuvda, Eron prezidenti hududagi, ayniqsa Afg‘onistondagi vaziyatdan tashvishda ekanini, Afg‘oniston uzoq vaqt davomida xorijliklar, ayniqa AQSh qo‘l ostida bo‘lishi oqibatida ushbu mamlakat ko‘plab azob-uqubat, qotilliklar va qon to‘kilishiga chidashga majbur bo‘lganini qayd etdi.
"Bugungi kunda Eronda 4 millionga yaqin afg‘on qochqinlari yashamoqda va Eron Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatishda davom etmoqda. Umid qilamanki ushb vazirlar uchrashuvi Afg‘oniston muammolariga yechim topishda yordam beradi", - dedi Raisi.
O‘z navbatida Abdulaziz Kamilov Toshkent va Tehron o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda yuqori salohiyatga ega va O‘zbekiston Eron bilan aloqalarni izchil rivojlantirish tarafdori ekanini qayd etdi.
"O‘zbekiston Islom Respublikasining Afg‘onistondagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Tehron sammiti Afg‘oniston uchun muhim siyosiy ahamiyatga ega va O‘zbekiston uning natijalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Hududda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi O‘zbekiston manfaatlariga ham javob beradi”, - dedi Kamilov.
Ma’lumot uchun, 26-27 oktyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi delegasiyasi Tehron shahrida bo‘lib o‘tayotgan Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etmoqda. Urashuvda, Erondan boshqa yana olti davlat TIV delegasiyalari ishtirok etmoqda. Xususan, Tojikiston, Pokiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda. Rossiya va Xitoy TIVlari onlayn formatda ishtirok etishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!