Kaliforniyadagi tabiiy yong‘inlar uch baravar ko‘paydi

Kaliforniyadagi tabiiy yong‘inlar uch baravar ko‘paydi

AQShning Kaliforniya shtatida tabiiy yong‘in maydoni ikki kun ichida 11,6 ming gektarga oshdi, holbuki dastlab 4 ming gektar maydon olov ichida qolgan edi.

Bu haqda CBC telekanali ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Los-Anjeles yaqinidagi San-Gabriyel tog‘lari yonbag‘irida yong‘in sabab kamida uchta bino vayron bo‘lgan, besh mingdan ortiq uy xavf ostida qolmoqda.

Halok bo‘lganlar yoki jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

OAV xabariga ko‘ra, yong‘inga qarshi kurashda Los-Anjeles va Santa-Monika okruglaridan 500 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar, 6 ta o‘t o‘chiruvchi samolyotlar, 9 ta vertolyot va 50 ta o‘t o‘chirish mashinalari ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!