JSST: "Tojikistonda xavfli poliomiyelit kasalligi tarqalmoqda"

JSST: "Tojikistonda xavfli poliomiyelit kasalligi tarqalmoqda"

JSST Tojikistonda o‘tkir yuqumli poliomiyelit kasalligi tarqalgani haqida bayonot berdi, deb xabar qildi “RIA Novosti”.

18 mart holatiga ko‘ra, asab sistemasini falaj qiladigan xastalik hozirgacha 4 nafar bolada aniqlangan, bemorlar polivirusga (sPVVP2) uchragan.

8 mart kuni JSST aniqlangan holatlar haqida ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, mamlakatdagi vaziyat ikkinchi darajadagi favqulodda holat sifatida tasniflagan.

Ta’kidlanishicha, sPVVP2 birinchi holati (o‘tkir falaj (OVP) boshlanishi bilan kuzatilgan) Xatlon viloyatida o‘tgan yil 22 noyabrda aniqlangan va Pokistonda aylanib yurgan virus turi bilan bog‘liq.

Ikkinchisi - fevral oyida Xatlon viloyatida OVP alomatlari bo‘lgan bolada falaj holati tasdiqlangan. 8 mart kuni Hisor shahrida bolada falajning yana ikki holati aniqlandi.

Bundan tashqari, sPVVP2 Dushanbedagi yangi tashkil etilgan epidemnazorat punktida uchta namunada ham aniqlangan.

JTSSning bayonotida aytilishicha, mamlakatda yuqumli kasallik bilan bog‘liq holatni tekshirish ishlari olib borilmoqda.

2021 yil fevral oyida mamlakatda inaktiv poliovirus vaksinasi (IPV) yordamida umummilliy emlash kampaniyasi yakunlangandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!