Joriy yilning 6 oyida Tojikistonda qancha tabiiy ofat ro‘y bergani ma’lum qilindi

Joriy yilning 6 oyida Tojikistonda qancha tabiiy ofat ro‘y bergani ma’lum qilindi

Tojikistonning “Xovar” axborot agentligi yozishicha, 2021 yilning 6 oyida Tojikistonda 299 ta tabiiy ofat ro‘yxatga olingan, ularning 38 tasi xalq xo‘jaligiga ziyon keltirgan.
Shuningdek, tabiiy ofat natijasida olti oy ichida 22 kishi halok bo‘lgan, ularning 8 nafari toshqin, 7 nafari ko‘chki ko‘chishi, 5 nafari tuproq o‘pirilishi va ikki nafari tosh qulashi oqibatida nobud bo‘lgan.

Tojikiston hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi bo‘yicha Qo‘mita raisi polkovnik Imomali Ibrohimzoda 23 iyulda matbuot anjumani o‘yushtirib, ushbu raqamlarni keltirdi.

Uning bergan ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida 337 ta uy ziyon ko‘rgan, 140 ta uy butunlay, 197 tasi qisman vayron bo‘lgan, 8 ta ta’lim muassasa binosi, 3492,114 gektar ekin maydoni, 42 ta ko‘prik va 212,87 kilometr yo‘l tabiiy ofatdan jiddiy ziyon ko‘rgan.

Uyi vayron bo‘lgan xo‘jaliklarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilgan, jumladan, ularga qurilish materiallari, oziq-ovqat va tozalik vositalari taqdim etilgan.

Daryolar, ko‘llar va kanallarda cho‘milishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida o‘tgan olti oyda 69 kishi cho‘kib ketgan (2020 yilda — 34 kishi). Imomali Ibroximzodaning ta’kidlashicha, shuningdek, qutqaruvchilar 383 ta qutqaruv amalyotlarini bajargan va 183 kishining hayotini saqlab qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!