Jonson Zelenskiyga Rossiyaga qarshi xalqaro ittifoq tuzishni taklif qildi

Jonson Zelenskiyga Rossiyaga qarshi xalqaro ittifoq tuzishni taklif qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Rossiyaga qarshi yangi xalqaro ittifoq tuzishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Corriere Della Sera manbalarga tayanib. Jonson o‘z tashabbusini 9 aprel kuni Kiyevda Ukraina prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Nashrning yozishicha, Britaniya bosh vaziri Yevropa Ittifoqiga (EI) muqobil bo‘ladigan “siyosiy, iqtisodiy va harbiy ittifoq” yaratmoqchi. Uning fikricha, yangi ittifoq Yevropa Ittifoqi siyosatidan, shuningdek, Germaniyaning Rossiyaning “harbiy tajovuz”iga javoban harakatlaridan norozi mamlakatlarni birlashtiradi. Ittifoqqa Buyuk Britaniya boshchilik qiladi, unga Ukraina, Polsha, Estoniya, Latviya va Litva, keyinroq esa Turkiya ham kirishi kerak.

Corriere Della Sera aniqlik kiritishicha, Ukraina Britaniya bosh vaziri tashabbusi yuzasidan haligacha o‘z pozisiyasini e’lon qilgani yo‘q. Nashrning yozishicha, Zelenskiy 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan YEI sammitini kutmoqda, unda Ukrainani tashkilotga a’zolikka nomzod sifatida tan olish masalasi hal qilinadi. YEI qabul qilgan qaror Kiyevning London taklifiga qanday munosabatda bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkin, deb yozadi gazeta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!