Jo Bayden kelasi hafta BMT Bosh assambleyasi minbarida nutq so‘zlaydi

Jo Bayden kelasi hafta BMT Bosh assambleyasi minbarida nutq so‘zlaydi

AQSh Prezidenti Jo Bayden kelasi hafta BMT Bosh assambleyasi minbarida nutq so‘zlaydi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

"Prezident 21 sentyabr, seshanba kuni Nyu-Yorkka safar qilib, BMT Bosh assambleyasida chiqish qiladi“,— deyiladi Oq uy xabarida.

O‘tgan hafta Politico nashri, AQSh hukumati sentyabr oyida xalqaro pandemiya va global emlash sammitini taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edi. Vashington bu uchrashuvni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi doirasida, sentyabr oyining oxirgi haftasida o‘tkazmoqchi.

Politico ta’kidlaganidek, Vashington ushbu yig‘ilishda rivojlanayotgan mamlakatlarga COVID-19 vaksinalarini yetkazib berishni kengaytirish, dori vositalari ishlab chiqarishni takomillashtirish, kasallik bilan bog‘liq tadqiqot va ishlanmalarda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari hal etilishini rejalashtirmoqda.

Washington Post xabariga ko‘ra, bu sammit 22 sentyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!