Jizzaxda YTH oqibatida velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida velosiped haydovchisi halok bo‘ldi

Baxmal tumanida noma’lum haydovchi yo‘l chetida velosipedda harakatlanayotgan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

Jizzax viloyati Baxmal tumani Barlos qishloq fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan “Samarqand – Bulung‘ur – Turon – Alamli” 4R-238 yo‘lining 7- kilometrida yo‘l-trnasport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, noma’lum haydovchi yo‘l chetida velosipedda harakatlanayotgan, Barlos qishloq fuqarolar yig‘inida yashagan fuqaroni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida ushbu jinoyat Baxmal tumani Oqtosh qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi shaxs tomonidan sodir etilgani aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!