Jizzaxda er-xotin va ularning chaqalog‘i is gazidan zaharlandi, ayol vafot etdi

Jizzaxda er-xotin va ularning chaqalog‘i is gazidan zaharlandi, ayol vafot etdi

Jizzax viloyatida er-xotin va ularning chaqalog‘i is gazidan zaharlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu yilning 12 dekabriga o‘tar kechasi Jizzax viloyatining SH.Rashidov tumanida yashovchi I.U. va uning turmush o‘rtog‘i uy bekasi M.U. (ismli ayol) hamda go‘dak farzandi, uyida isitish pechidagi tabiiy gazning chala yonishi oqibatida zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay M.U. shu yerda vafot etgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!