Jiddiy ayblov: "Bosh vazir jurnalist ayolga tegajog‘lik qilgan"

Jiddiy ayblov: "Bosh vazir jurnalist ayolga tegajog‘lik qilgan"

The Sunday Times jurnalisti Sharlott Edvards Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni tegajoqlikda aybladi. Bu haqda «Kommersant’» xabar bermoqda.

U o‘zining yakshanba kungi maqolasida 1999 yili Spectator jurnali tahririyatida bo‘lib o‘tgan tushlik chog‘ida Boris Jonson boshqalardan yashirib sonidan ushlaganini da’vo qilgan. U paytlar Jonson Spectator bosh muharriri lavozimini egallagan, Edvards esa reportyorlik faoliyatini endi boshlayotgandi. O‘zining aytishicha, o‘sha paytda bu haqda hech kimga aytmaslikka qaror qilgan.

Maqolada Jonson qarama-qarshi tomonda o‘tirgan boshqa jurnalist ayolga nisbatan ham shunday qiliq qilgani bildirilgan.

Bosh vazir devonxonasi bu ayblovlarni rad etib, bunday holat hech qachon ro‘y bermaganini bildirdi. Bunga javoban Edvards «Bosh vazir yuz bergan hodisani eslolmasa, demak, xotiram unikiga qaraganda ancha yaxshi ekan», deya kinoya qildi.

Bu The Sunday Times nashri tomonidan Boris Jonsonga nisbatan oxirgi paytda ilgari surilgan ikkinchi ayblov. Oldinroq gazeta xodimlari Jonsonning amerikalik tadbirkor Jennifer Arkuri bilan munosabatlarini shubha ostiga olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!