Javohir Sindarov "Tata Steel Chess-2023" turnirini 3-o‘rin bilan yakunladi

Javohir Sindarov "Tata Steel Chess-2023" turnirini 3-o‘rin bilan yakunladi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess" turniri o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Musobaqaning "Chellenjer" guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Javohir Sindarov so‘nggi 13-turda niderlandiyalik Tomas Berdsenni mag‘lubiyatga uchratdi va ochkolari sonini 8,5 taga yetkazib oldi.

Bu orqali u o‘z guruhida musobaqani 3-o‘rinda yakunladi.

"Masters" guruhida esa Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi o‘yin davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!