Janubiy Koreyada o‘zbekiston fuqarosi yuqori qavatdan qulab tushdi

Janubiy Koreyada o‘zbekiston fuqarosi yuqori qavatdan qulab tushdi

O‘zbekiston fuqarosi Alisher Jovliyev qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketdi va og‘ir ahvolda “Kangvon” universiteti kasalxonasiga olib borildi.

TIV xabariga ko‘ra, hodisa 2019 yil 29 may kuni sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi Koreyaga 20 may kuni Chunchon shahridagi “Kyongin” universitetining til o‘rganish kursida o‘qish uchun kelgan va pul ishlash maqsadida jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan.

“Diplomatik vakolatxona vaziyatni nazoratga olgan, ish beruvchi va vatandoshimiz davolanayotgan kasalxona rahbariyati bilan aloqa o‘rnatgan. Ish beruvchi tashkilot tashkiliy masalalarni hal qilish va davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan”, - deyiladi xabarda.

Koreya Respublikasining tegishli xizmatlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!