Janubiy Koreyada halol turizm rivojlanmoqda

Janubiy Koreyada halol turizm rivojlanmoqda

Janubiy Koreya hukumati musulmon turizmiga e’tibor qaratib, halol dam olishni tanlaganlarni mamlakatga tashrif buyurishlariga jalb qilishga intilmoqda.

Koreya turizmni rivojlantirish milliy tashkiloti sayyohlik yo‘nalishlarini targ‘ib qilish doirasida musulmonlarning ushbu Osiyo mamlakatida dam olish imkoniyatlarini namoyish etuvchi bir qator videoroliklarni chiqardi.

"Islamisemya.com" ma’lumotlari bo‘yicha, jumladan, videoroliklar Janubiy Koreyaning halol restoranlar haftaligiga bag‘ishlangan bo‘lib, keyingi dushanbadan boshlab Youtube dagi Korea Tourism Organization kanalida "halol TV" efirga chiqa boshlaydi.

2 hafta ichida kanal musulmonlar bu mamlakatda qanday halol koreys taomlaridan ta’tib ko‘rishlari mumkinligini ko‘rsatadi. Koreyaning "eng yaxshi oshpaz" reality-shousi g‘olibi Choi Gvang-xo halol pazandachilik shousining olib boruvchisi bo‘ladi.

Shouning yana bir epizodida musulmon muhojirlar tomoshabinlarni mamlakatdagi eng yaxshi halol restoran va kafelar bilan tanishtiradi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!