Janubiy Koreyada yengil motorli samolyot quladi, ikki kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada yengil motorli samolyot quladi, ikki kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreya g‘arbidagi Cholla-Pukto viloyatining Vanju nohiyasida 16 sentyabr kuni yengil motorli samolyot quladi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti».

Xabar berishlaricha, samolyot qulagani haqida turli fuqarolardan tushgan bir necha xabarlardan so‘ng, qidiruv-qutqaruv operasiyasi boshlangan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 15:30 (Toshkent vaqti bilan 11:30) atrofida yuz bergan. Aviahalokat sabablari hozircha noma’lum.

Qayd etishlaricha, samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!