Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni AQShga tashrif buyuradi

Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni AQShga tashrif buyuradi

Janubiy Koreya Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Li Chon Xo harbiy hamkorlik va almashuv masalalarini muhokama qilish uchun AQShga tashrif buyuradi, deb xabar berdi yakshanba kuni mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari matbuot xizmati.

"Li Chon Xo Gavayi va Vashingtonga bir haftalik tashrif bilan boradi. Tashrif davomida u AQSh harbiy-dengiz kuchlari kotibi Karlos del Toro, AQShning Hindiston-Tinch okeani qo‘mondonligi qo‘mondoni Jon Akilino va boshqa yuqori martabali harbiylar bilan uchrashishi rejalashtirilgan. " deyiladi hisobotda.

Unda qayd etilishicha, tomonlar “harbiy hamkorlik va okeandagi xavfsizlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!