Jahongir Ortiqxo‘jayev: Axmet Demir 30 mln dollar investisiya kiritish hisobiga «Chorsu» mehmonxonasini tekinga olgan

Jahongir Ortiqxo‘jayev: Axmet Demir 30 mln dollar investisiya kiritish hisobiga «Chorsu» mehmonxonasini tekinga olgan

Axmet Demir poytaxt markazidagi Chorsu mehmonxonasini rekonstruksiya qilish ishlari sust ketishida Toshkent shahar hokimligini ayblagandi. Turkiyalik ishbilarmonning mazkur e’tirozlariga Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari javob qaytardi, deya xabar beradi O‘zA.

Axmet Demir O‘zbekistonga 30 million AQSh dollari miqdorida investisiya kiritish hisobiga poytaxt markazidagi Chorsu mehmonxonasini mutlaqo tekinga olgan, dedi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev. Keyinchalik kredit olish uchun O‘zbekistondagi banklarga murojaat qilgan. Ya’ni, u tashqaridan O‘zbekistonga 30 million dollar investisiya kiritmagan.

Mazkur masalada mutasaddilar yuqoridagi ma’lumotlar bilan cheklandi, xolos. O‘zA muxbirining Endilikda Axmet Demir talab qilgan qo‘shimcha 3 gektar joy ajratiladimi yoki yo‘q? , degan savoli esa ochiq qoldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!