Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchta xavfdan xavotirda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) organizmga tushayotgan mikroplastikni odamlar salomatligi uchun xavfli deb hisoblamaydi, biroq olimlarni uning ta’sirini o‘rganishga chaqirdi. Bu haqda Xabar.uz xabar berdi.

«Biz zudlik bilan plastmassa mikrozarralarining salomatlikka ta’siri haqida chuqur bilimga ega bo‘lishimiz zarur, negaki bu zarralar har joyda bor, jumladan, biz ichayotgan suvda ham. Bizdagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda ichimlik suvidagi mikroplastik konsentrasiyasi salomatlik uchun xavf solmaydi. Biroq biz ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz zarur. Shuningdek, butun dunyoda plastik ifloslanish o‘sishini to‘xtatishimiz zarur», — dedi JSST departament direktori, doktor Mariya Neyra.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, 150 mikrometrdan yirikroq plastmassa mikro zarralari odam organizmiga so‘rilmaydi.

Shuningdek, tashkilot vakillari mikroplastik uchta shaklda xavf tug‘dirishidan ogohlantirdi: u odam uchun fizik xavf solishi mumkin, mikroplastikdan ajralib chiqqan kimyoviy modda organizmni zaharlashi, bundan tashqari, mikroplastikdagi mikroorganizmlar ham toksik xususiyatga ega bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!