Jahon banki rahbarining fikricha, Ukraina tufayli jahon iqtisodiyotida resessiya kuzatilishi mumkin

Jahon banki rahbarining fikricha, Ukraina tufayli jahon iqtisodiyotida resessiya kuzatilishi mumkin

Jahon banki prezidenti Devid Malpas Ukrainadagi vaziyat tufayli jahon iqtisodiyotida tushkunlik kuzatilishi va u jahonning yalpi ichki mahsulotiga salbiy ta’sir etishi mumkinligini ta’kidladi.

"Jahonning yalpi ichki mahsulotiga qaraydigan bo‘lsak, hozir resessiyadan qanday qilib qutulib qolishni bilmaymiz", – dedi Jahon banki rahbari AQSh savdo palatasi fondida so‘zga chiqib. U ushbu gaplarni unga “Ukrainadagi vaziyat jahon iqtisodiyotiga qanday ta’sir etadi”, deb berilgan savolga javoban aytgan. Bankirning izoh berishicha, “ta’sir juda salbiy bo‘ladi, vaziyat, ayniqsa, Rossiya va Ukraina aholisi uchun yomon bo‘ladi, lekin uning ta’siri boshqa mamlakatlarda ham aks etadi”.

Uning ta’kidlashicha, g‘alla yetkazib berishdagi uzilishlar natijasida ko‘plab mamlakatlarda don yetishmasligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. “Qolaversa, Rossiya energoresurslarining Yevropaga yetkazib berilishidagi qisqarishlar ham Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining sekinlashuviga sabab bo‘ladi, deydi Devid Malpas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!