“ISUZU”dagi 401 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi

“ISUZU”dagi  401 million so‘mlik tovarlar fosh bo‘ldi

Bojxona organlari tomonidan Toshkent shahrida faoliyat olib boruvchi bir guruh shaxslar tomonidan mamkalatimizga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan yana bir tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida,Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli transport vositasini belgilangan tartibda to‘xtatib, ko‘zdan kechirildi.

Natijada, transport vositasining yukxonasida qiymati 401,3 million so‘mlik 16 ming 560 dona cho‘g‘lanma lampalar hamda 225 dona maishiy texnika buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari  olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!