Isroilning eng keksa fuqarosi 117 yoshida vafot etdi

Isroilning eng keksa fuqarosi 117 yoshida vafot etdi

Isroilning eng keksa fuqarosi Shlomo Yeguda 117 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Isroilning “ynet” yangiliklar portali xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, erkak oktyabr oyining boshida oilasi qurshovida vafot etgan, ammo bu haqda kuni kecha ma’lum bo‘lgan.

Oltita farzandning otasi, o‘nlab nabira, evara va chevalarning bobosi bo‘lgan Yeguda Isroil armiyasida xizmat qilgan, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, kamtarona turmush tarzini olib borgan.

Ma’lum qilinishicha, koronavirus tufayli o‘rnatilgan karantin rejimi, odatdagi, kundalik sayrlarning yo‘qligi 117 yoshli isroillikning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!