Isroil qo‘shini G‘azoda ikki baliqchini qo‘lga oldi

Isroil qo‘shini G‘azoda ikki baliqchini qo‘lga oldi

Payshanba kuni ertalab Isroil polisiyasi ikki nafar falastinlik baliqchini G‘azo sohillarida qo‘lga oldi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.

Sektordagi baliqchilar raisi Nazor Iyosh "Anadolu"ga bergan intervyusida: Isroil dengiz kuchlari o‘z ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan ikki nafar falastinlik baliqchini G‘azoning shimoliy sohillarida qamoqqa oldi, degan.

Bu hodisa haqida Isroil qo‘shini bayonot bilan chiqmagan.

G‘azodagi Falastin hukumati mas’ullarining so‘zlariga ko‘ra, Isroil dengiz kuchlari har kuni falastinlik baliqchilar kemalariga qarata o‘q uzadilar. Natijada bir qancha falastinliklar halok bo‘lgan. Ular bunga Tel Aviv ov uchun belgilab bergan (sohildan 6 mil) chegaradan oshgan degan bahonani asos qilishadi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!