Isroil Eronga raketalar uchirgani aytilmoqda

Isroil Eronga raketalar uchirgani aytilmoqda

Eronning Isfaxon shahrida havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgan.

Bloomberg'ga ko‘ra, Isroil rasmiylari 18 aprel kuni AQShni yaqin 24-48 soat ichida Eronga javob zarbasi berishlaridan ogohlantirgan.

Isroil bir nechta dronlar yordamida Eronga zarba bergan, deya xabar bermoqda Eron televideniyasi.

Tasnim agentligiga ko‘ra, Isfaxondagi yadro ob’ektlari xavfsiz holatda. CNN Isroil yadro ob’ektlarini nishonga olmasligini yozmoqda.

Fox News manbalarga tayanib, Isroil Eronga «cheklangan» zarba berganini xabar qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda ham havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!