ISHID YECHL finaliga tahdid solyapti

ISHID YECHL finaliga tahdid solyapti

ISHID terror tashkiloti Kiyevda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasiga tahdid solyapti. Bu haqda“The Sun”nashri terrorchilarning “Telegram”dagi tahdid to‘la yozishmalariga asoslanib xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Telegram”dagi tahdidlarning aksariyati terrorchilarning Kiyevda qurol va avtomobil orqali insonlarning hayotiga xavf solmoqchi ekanliklari haqida.

Britaniya razvedka boshqarmasi buni shunchaki chalg‘itish sifatida baholadi. Uning fikricha, terrorchilar, aslida, jahon chempionatini mo‘ljalga olishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!