Innovasion infratuzilma sub’ektlari soni 3 baravarga oshiriladi

Innovasion infratuzilma sub’ektlari soni 3 baravarga oshiriladi

“2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

📋 Farmon bilan 2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovasion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

✅ Kichik tadbirkorlikning innovasion faolligini oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal o‘sishini ta’minlash Strategiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

📊 Shuningdek, Farmonga muvofiq Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

🔰 Maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida:

▫️innovasion faoliyat sub’ektlari soni 613 tadan 2 250 tagacha yetkaziladi;
▫️innovasion infratuzilma sub’ektlari soni 3 baravarga oshiriladi;
▫️innovasion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari soni 4 baravarga oshiriladi.

🗓 2022 yil 1 avgustdan innovasion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot” zanjirining yaxlit tizimi joriy etiladi.

☑️ 2022 yil 1 avgustdan “tubdan yangilovchi” innovasiyalar yaratishni rag‘batlantirishning quyidagi tizimi joriy etiladi:

▫️mahalliy ilmiy tashkilotlar va korxonalarga innovasion tovarlar bo‘yicha davlat organlari bilan shartnomalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri imzolash huquqi beriladi;
▫️ustav fondida 50 va undan ko‘p foiz davlat ulushi bor xo‘jalik jamiyatlarida foyda solig‘ini to‘lagungacha uning 10 foizgacha ajratmalaridan Innovasion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Bunda:

➖mablag‘lar “tubdan yangilovchi” innovasiyalarni yaratishga va joriy qilishga yo‘naltiriladi;
➖Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar portfeli Innovasion rivojlanish vazirligi bilan kelishiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!