Indoneziyada Ruang vulqoni otildi, 800 dan ortiq odam evakuasiya qilindi

Indoneziyada Ruang vulqoni otildi, 800 dan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ruang vulqonining otilishi Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi provinsiyasidagi xuddi shu nomdagi kichik orolda sodir bo‘ldi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Vulqon otilishidan jabr ko‘rgan hududdan 838 kishi evakuasiya qilingan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabar berilmagan.

Mazkur hududga 4 km masofada yaqinlashish taqiqlanadi.

“Ruang vulqoniga kelsak, vulqon bilan bir orolda ikkita qishloq bor, ularda 838 kishi istiqomat qiladi va ularning barchasi evakuasiya qilingan”, — deyiladi Detik portali vakili bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vulqon otilishi oroldagi yaqinda sodir bo‘lgan zilzilalar tufayli yuzaga kelgan va bu Ruangning osmonga 1,8 kilometr balandlikka xavfli issiq bulutlarni yuborishiga sabab bo‘lgan. Salomatlik yoki nafas olish tizimi uchun xavfli bo‘lgan vulqon kullari tufayli maxsus niqoblarsiz vulqondan 4 km radiusda qolmaslik tavsiya etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!