Ikki soatda mingta savol: adliya vaziri fuqarolar bilan Facebook orqali jonli muloqot qildi

Ikki soatda mingta savol: adliya vaziri fuqarolar bilan Facebook orqali jonli muloqot qildi

Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha shakli sifatida ilk bora tashkil etilgan Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Facebook dagi “Xalq bilan muloqot/Dialog s narodom” guruhidagi muloqotda fuqarolardan qariyb 1500 ta savol kelib tushdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Onlayn muloqot davomida fuqarolar nafaqat adliya tizimi va norma ijodkorligiga doir savollar bilan murojaat qildilar, balki davlat organlari ishiga o‘zlarining munosabatlarini, baho va e’tirozlarini ham bayon etdilar. 

Loyiha aholining savollari, ularni tashvishga solayotgan masalalarni o‘rganishda, umuman xalq dardini tinglashda noan’anaviy yo‘llarni o‘ylab topish, xalq bilan muloqotni yangicha formatlarda yo‘lga qo‘yish zaruriyati mavjudligini ko‘rsatdi.

 Adliya vazirligi uchun ushbu loyiha yana bir jihati bilan ahamiyatlidir: muloqot davomida kelib tushgan murojaatlar aholi muammolarini aniqlash va xalqning real ahvolini his qilish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu ma’lumotlar tizimlashtirilgan holda tahlil qilinib, natijalar va xulosalar kelgusida norma ijodkorligi sohasida e’tiborga olinadi. 

 Jumladan, muloqot yakunlangach, vazirlik mutaxassislariga muloqot davomida kelib tushgan ayrim takliflar yuzasidan qonunchilikka o‘zgarishlar kiritish masalasini o‘rganish topshirig‘i berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!