«IFTIXOR» – «O‘zavtosanoat» o‘zining asosiy qadriyati – xodimlari haqida samimiy hikoyalar jamlangan video taqdim etdi (VIDEO)

«IFTIXOR» – «O‘zavtosanoat» o‘zining asosiy qadriyati – xodimlari haqida samimiy hikoyalar jamlangan video taqdim etdi (VIDEO)

Har qanday ishlab chiqarish korxonasi kabi, «O‘zavtosanoat» AJ ham o‘z jamoasini oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishdagi eng muhim omil hisoblaydi.

«O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga 80 dan ziyod korxona kiradi, ularning eng yiriklari «UzAuto Motors» AJ, “SamAuto”MCHJ, “Uz Truck and Bus Motors” QK MCHJ, “UzAuto Trailer” MCHJ hamda “UzAuto Motors Powertrain” ishlab chiqarish korxonalari kiradi.

Tarmoq ishlab chiqarish jarayonlarida 27 ming nafar kishidan iborat jamoa ishtirok etadi.
Ular mehnati bilan zavodlarning ishlab chiqarish konveyerlaridan 3 mln 800 mingdan ziyod 21 rusumdagi avtomobil, 18 600 ga yaqin avtobuslar, 44 800 atrofida yuk mashinalar chiqadi. 1,060 mln.dan ziyod yengil avtomobil eksport qilindi.

Har bir yutuq ortida barcha xodimlarning «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarida mehnat qilayotgan, ishiga bor qalb qo‘rini bergan va kasbiga mehr qo‘ygan hamda avtomobil ishlab chiqarish haqida tasavvur qilganimizda xayolimizga keladigan robotlarga mutlaqo o‘xshamaydigan insonlarning faoliyati turishi aniq.

«IFTIXOR» – maxsus videorolikda «O‘zavtosanoat» xodimlari haqida samimiy hikoyalar aks etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!