Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga kiritish vakolatiga egami? 

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga kiritish vakolatiga egami? 

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari fuqarolarni oliy o‘quv yurtiga kiritish vakolatiga egami? 

Albatta yo‘q! Biroq, fuqarolarimiz o‘rtasida bunga ishonib chuv tushib qoluvchilar, bunday fuqarolarni soddaligidan foydalanuvchi firibgarlar ham uchrab turadi.

Fuqaro A.Xolmatov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) ham o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishni maqsad qiladi. 2017 yil yanvar oyi boshlarida SH.Rahimovaning farzandi N.Rahimov Andijon davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirmoqchiligidan xabar topadi. U o‘zini Milliy xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib, go‘yoki o‘ziga berilgan vakolatdan foydalanib, DTM maxsus hisob raqamiga davlat boji to‘lash orqali N.Rahimovni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, aldab, Farg‘ona shahrida SH.Rahimovaning 6 ming 200 AQSh dollari pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, pullarni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida sudya SH.Umarov raisligida A.Xolmatovga oid jinoyat ishi har taraflama o‘rganib chiqilib, unga qonun doirasida jazo tayinlandi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!