Hizbulloh yetakchisi: «Eron Isroilni vahshiylarcha bombardimon qilishiga qodir»

Hizbulloh yetakchisi: «Eron Isroilni vahshiylarcha bombardimon qilishiga qodir»

Livandagi “Hizbulloh” rahbari AQSh va Eron urushi haqida fikr bildirar ekan, agar mazkur urush muqarrar bo‘lsa, Eron Isroilni vahshiylarcha bombardimon qilishiga qodir ekanligini ta’kidladi. Sayyid Hasan Nasrulloh o‘zining “Al-Manar” telekanalidagi chiqishida ikki qarshi tomon o‘rtasidagi vaziyatning yanada keskinlashayotgani yuzasidan quyidagilarni bayon qildi:

“Amerikaliklar bu urush Isroilni yo‘q qilishini juda yaxshi biladilar. Bizning vazifamiz esa, mintaqamizga xavf tug‘dirayotgan bu holatning oldini olishdir, garchand Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari bunga hech bir qiziqish bildirmayotgan bo‘lsa ham”.

Oq uy vakillari esa Trampning ushbu xatti-harakatlariga qarshi ovoz berdilar. AQSh hukumati “Hizbulloh”ga 1975-1990 yillarda Livanda yuz bergan fuqarolar urushidan so‘ng qurolsizlantirilmagan yagona bir guruh sifatida qaramoqda.

Bundan tashqari Nasrulloh Bashar Asad hukumatini qo‘llab-quvvatlagan Suriya jangarilarining sonini ham qisqartirdi. Bu holatni “Suriya qo‘shinlari juda ko‘payib ketdi, ammo bugungi kunga kelib ular bizga kerak emas”, deya izohladi.

Shuningdek, guruh rahbari o‘z nutqida Rossiya va Suriya munosabatlariga ham to‘xtaldi. Ikki tomon qo‘shinlari aprel oyining oxirlaridan beri bombardimon qilayotgan shimoliy-g‘arbiy Idlib tumanidagi janglarning hech birida ishtirok etmaganini aytdi. “Biroq ortga qaytish kerak bo‘lsa, u yerdagilarning bari ortiga qaytib ketishiga to‘g‘ri keladi”, deya qo‘shimcha qildi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!