Hindistonda maymunlar 72 yoshli erkakning boshiga g‘isht otib o‘ldirib qo‘ydi

Hindistonda maymunlar 72 yoshli erkakning boshiga g‘isht otib o‘ldirib qo‘ydi

Foto: «RIA Novosti»

Keksa erkak daraxtdan tushgan shox-shabbalarni terayotgan vaqtda unga daraxt ustidagi maymunlar hujum qilgan. Jonivorlar uy tomiga yig‘ib qo‘yilgan g‘ishtlarni erkakka qarata uloqtira boshlagan.

Marhumning ukasining so‘zlab berishicha, erkakka 20 ta g‘isht uloqtirilgan. U boshi va ko‘kragidan jarohat olgan, aynan shu jarohatlar oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Erkakning oila a’zolari polisiyaga murojaat qilib, maymunlar ustidan shikoyat qilgan. Biroq polisiya ushbu holatni baxtsiz hodisa deb topdi va jinoiy ish qo‘zg‘atmaslikka qaror qildi.

Mahalliy aholi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, maymunlar ularning hayotini «Jahannam»ga aylantirgan. Yuqoridagi kabi holat hududda tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!